Bizning hududda katta yoshdagi bolalar va o`smirlar orasida quyidagi muammolar keng tarqalgan:


  1. Buqoq;

  2. Kamqonlik;

  3. Ratsional ovqatlanish;

  4. Zararli odatlar;

  5. Gijja tekinxo`rlar;

  6. Tish kariesi;

  7. Tomoq bodomcha bezlarining yallig`lanishi;

  8. Ko`rish qobiliyatining pasayishi;

  9. Qad-qomatning buzilishi;

  10. Ovqat hazm azolarining kasalliklari.

Бу жой хомийларнинг рекламаси учун:

Zararli odatlarga ruju qo`ymaylik. Uning oqibati yomon bo`ladi!

Tamaki chekish – umr zavoli!

      Turmush tarzimizda ayrim zararli odatlarning sog`ligimizga ta’sir qilib, umrimizga zavol bo`layotganligini kech anglab yetamiz. Ana shunday zararli odatlardan biri chekishdir.
      Yer kurrasida ekologik vaziyatning izdan chiqishi, texnogen tamaddun kuzatilayotgan bir paytda chekuvchilar har yili havoga 550 ming tonna is gazi, 720 tonna sianid kislotasi, 108 ming tonna nicotin, 385 ming tonna ammiak va 600 ming tonna qurum chiqarayotganini bilmaydi.Chekishning iqtisodiy zararini tahlil qilib ko`rsak, kuniga bitta qutidan tamaki chekkan kishi hozirgi baho bilan bir yilda 1 mln. so`mdan ko`p pul sarflar ekan Agar shu mablag` oila farovonligi uchun sarflansa, qancha foydali mahsulot sotib olish mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas.
      Tamaki tarkibida ko`plab kimyoviy zaharli moddalar bor, ulardan 60 tasi rak kasalligini chaqiradi.Chekish halqum, og`iz bo`shlig`i, qizilo`ngach, oshqozon osti bezi, buyrak va siydik pufagi kasalliklarini rivojlantiradi. O`smirlarda keyinhalik bepusht - befarzandlikka sabab bo`ladi.
      Chekishning salomatlik uchun keltiradigan tibbiy zararini BSST (Butunjahon sog`likni saqlash tashkiloti) juda ko`p marotaba tahlildan o`tkazgan. Yurak ishemik kasalligi tufayli 45 yoshgacha har 100 ming aholidan 7 kishi o`lsa, chekuvchilar orasida bu ko`rsatkich 20 marotaba ko`p uchraydi.
      Olimlar o`pka rakining chekuvchilarda paydo b’lishiga asosiy sabab, nicotin emas, balki tamaki yonishi jarayonida paydo bo`ladigan qatron deb ataladigan zaharli modda ekanligini aniqladi. Bu zaharli modda uzoq yillar nafas yo`llari, bronx shilliq pardalariga o`rnashib olib salbiy ta’sir ko`rsatadi.

“Sog`likmi yoki chekish? O`zingiz tanlang!” Keyin pushaymon bo`lmang!!!

Бош саҳифа   Ўзингни англа!   Шарқ табобати   Муаллиф ҳақида   Bolajon sahifasi  
             © GASTRO.UZ-2014 All rights reserved. Web-design by Mahmud Ortiqov: mahmudjonaka@gmail.com