Bizning hududda katta yoshdagi bolalar va o`smirlar orasida quyidagi muammolar keng tarqalgan:


  1. Buqoq;

  2. Kamqonlik;

  3. Ratsional ovqatlanish;

  4. Zararli odatlar;

  5. Gijja tekinxo`rlar;

  6. Tish kariesi;

  7. Tomoq bodomcha bezlarining yallig`lanishi;

  8. Ko`rish qobiliyatining pasayishi;

  9. Qad-qomatning buzilishi;

  10. Ovqat hazm azolarining kasalliklari.

Бу жой хомийларнинг рекламаси учун:

Oqilona (Ratsional) ovqatlanish bu:

  • Ovqatlanishda xilma-xil mahsulotlarning bo`lishligi;
  • Ma’danlar, vitaminlar, oqsil va karbonsuvlar, temir moddasiga boy bo`lgan oziq-ovqatlar;
  • Oziq-ovqatlarning pokizaligi, yangi va barraligi;
  • Mahsulotlarning imkon qadar tabiyligi;
  • Ovqatlanish tartibi hamda odoblariga rioya etilishi;
  • Jismoniy va aqliy zo`riqishlar kuchaygan paytda (sport bilan shug`ullanish yoki imtihonlardan oldin) qo`shimcha vitaminlar ichish;
  • Tuz, qahva, shakar, shirinliklar singarilarni me’yorida iste’mol qiling;
  • Uzoq muddat och qolish, doim quyiq va quriq ovqatlarni, qalampir, murch, sirka, xantal,sarimsoq kabilarni ko`p is’temol qilishdan saqlanish.

      Maktab yoshida ayniqsa, o`smirlik davrida nooqilona ovqatlanish natijasida kelib chiqadigan oqibatlar:

  • Kamqonlik
  • Semirib ketish yoki ozish
  • Ovqat xazm qilish tizimi a’zolari faoliyatining buzilishlari
  • Aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolish
  • Odam umumiy quvvati – immunitetining pasayishi va uning oqibatida yuqimli kasalliklarga chalinishga moyillik

      FAST FOOD ta’omlaridan – lavash, hot-dog, gamburger, shaurma, chips singarilarni, suniy shakarli gazlangan shirin ichimliklarni kunda, muntazam iste’mol qilish ham sog`likka putur yetkazadi.

Ta’omlanishning odoblari
(Muhammad Sodiq Qoshg`ariyning “Yaxshi kishilar odobi” kitobidan)

  • Adabi avval – taomni kam yeyiladi. Va durust ochlik yuz bermasa taom yeyilmaydi va yana taomni ta’bida bir oz ochlik qoldirib yeyiladi;
  • Kattalar taomga qo`l uzatmaguncha kichiklar qo`l uzatmaydilar;
  • Yeb-ichish o`ng qo`lda bajariladi;
  • Taomni o`z oldidan oladi;
  • Nonni ikki qo`l bilan sindirilib, bo`laklarga bo`lib yeyiladi;
  • Taomlanish vaqtida, garchi och bo`linsa ham tez-tez, shitob bilan yeyilmaydi;
  • Luqmani katta ham, kichik ham emas, o`rtacha olinadi va og`izda luqma yaxchi chaylanib, ohista yutiladi.;
  • Taom ustida boshdan oxirigacha xomush o`tirish mumkin emas. Hech qanday taom kamsitilmaydi;
  • Agar imkon bo`lsa taom tanho yeyilmaydi, negaki ko`p qo`l uzatilgan taom barakali taomdir;
  • Ayrim taomlardan so`ng tishni hilol cho`p bian kavlash mumkin;
  • Qo`l taomlanishdan ilgari ham, so`ng ham yuviladi;
  • Taom yeb bo`lingach hamd va duo aytiladi, so`ng taom egasini duo qilinadi.
Toza havo davodir, uhlamay tursang agar.
G`ubor qolmas badanda, sovunlab yuvsang agar.
Yengil bo`lib yugursang, vujuding olar rohat.
Sut, qatiq ichib tursang, yurasan doim salomat.

To`yib yedingmi ovqat, turib yugurma faqat.
Darhol yotib ham olma, kitob o`qishdan qolma.

Maktab yoshida ayniqsa o`smirlik davrida oqilona ovqatlanish bexatar onalik va sog`lom oila poydevoridir!

Бош саҳифа   Ўзингни англа!   Шарқ табобати   Муаллиф ҳақида   Bolajon sahifasi  
             © GASTRO.UZ-2014 All rights reserved. Web-design by Mahmud Ortiqov: mahmudjonaka@gmail.com